O‘zbekiston FVV qutqaruv otryadlari Turkiyaning Hatay viloyati vayronalari ostidan 4 kun ichida 77 kishini olib chiqdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Tabiiy ofat epitsentrida qidiruv guruhlari 4-kun tinimsiz ishlamoqda va oxirgi soatlarda yigitlar vayronalar ostidan yana 14 kishining jasadini olib chiqishdi. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlanganidan buyon O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari 13 nafar jabrlangan va 64 nafar halok bo‘lganlarni vayronalar ostidan olib chiqdi», deyiladi xabarda.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Qutqaruv ishlari davom etmoqda.