2 fevral sanasidan 369/370-sonli Toshkent-Novosibirsk-Toshkent yo‘nalishida yangi xalqaro poyezd o‘z harakatini boshlaydi, deya xabar bermoqda «O‘ztemiryo‘lovchi» AJ matbuot xizmati.

Yo‘nalish qatnovi 2020 yilda pandemiya sababli to‘xtatilgan edi. Uning harakat jadvali quyidagicha amalga oshiriladi:

369-sonli Toshkent-Novosibirsk yo‘nalishi: Toshkent 16:05 — Novosibirsk 04:58.

  • Fevral oyida 2, 10, 18, 26-kunlari;
  • mart oyida 2, 6, 10, 14, 18, 22, 26, 31-kunlari;
  • aprel oyida 4, 8, 12-kunlari;
  • may oyida 6, 14, 31-kunlari;
  • iyun oyida 4, 12, 20, 28-kunlari;
  • iyul oyida 6, 14, 22, 31-kunlari;
  • avgust oyida 8, 16, 24-kunlari;
  • sentabr oyida 2, 6, 26-kunlari;
  • oktabr oyida 12, 24, 28-kunlari;
  • noyabr oyida 2, 6, 10, 14, 18, 22, 26, 30-kunlari;
  • dekabr oyida 4-kuni.

370-sonli Novosibirsk-Toshkent yo‘nalishi: Novosibirsk 10:42 — Toshkent 05:32.

  • Fevral oyida 5, 13, 21-kunlari;
  • mart oyida 1, 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29-kunlari;
  • aprel oyida 3, 7, 11, 15-kunlari;
  • may oyida 9, 17-kunlari;
  • iyun oyida 3, 7, 15, 23-kunlari;
  • iyul oyida 1, 9, 17, 25-kunlari;
  • avgust oyida 3, 11, 19, 27-kunlari;
  • sentabr oyida 5, 9, 29-kunlari;
  • oktabr oyida 15, 27, 31-kunlari;
  • noyabr oyida 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29-kunlari;
  • dekabr oyida 3, 7-kunlari.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni elektron tarzda chipta.railway.uz sayti orqali ham xarid qilish mumkin.