9 yanvardan Toshkentda metro bekatlarga yaqin joylashgan 31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti o‘zgartiriladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, mazkur qaror poytaxt metropolitenida yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 5 dekabr kuni Toshkentda kuchli qor yog‘ganida metro bir kunda 620 ming yo‘lovchini tashidi. Bu oddiy kundagidan 105 mingga ko‘p. 2020 yil dekabrida metro kuniga o‘rtacha 240 ming, 2021 yil dekabrida esa 400 ming yo‘lovchi tashigan.

Iyun oyida Toshkent davlat transport universitetining sobiq rektori Odil Abdurahmonov 17 ta OTM va 90 ga yaqin maktabda dars jadvalini, shuningdek, metro yo‘nalishi bo‘ylab joylashgan yirik tashkilotlarning ish boshlash jadvalini o‘zgartirishni taklif qilgan edi. Hozirda u prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.

Universitetlar ro‘yxati

жамоат transportи, тошкент metroполитени