O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qator davlat organlariga yangi rahbarlar tayinladi, deya xabar qildi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Tayinlovlar

  • Shaxrux Shaturgunovich Sharaxmetov O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi;
  • Sodiq Donaqulovich Toshboyev O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi;
  • Baxodir Abdusalomovich Begalov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimiga tayinlandi;
  • Abdushukur Abdujamilevich Sadikov O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori lavozimiga tayinlandi;
  • Olim Xayrullayevich Narzullayev O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
  • Akmalxuja Yusupovich Mavlonov O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga;
  • Baxromjon Turayevich Norqobilov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimiga;
  • Nizomidin Jalilovich Bakirov O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori lavozimiga;
  • Baxtiyor Vaxabovich Gulyamov O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligi nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bundan avval O‘zbekiston hukumatining yangi tarkibi tasdiqlangandi.