22 dekabr kuni O‘zbekistonning Panorama Airways xususiy aviakompaniyasi Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk tijoriy reysni amalga oshirdi. 144 yo‘lovchidan iborat Airbus A320 havo kemasi samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 21:50 da belgilangan aeroportga uchib ketdi, deb xabar beradi Uzbekistan Airport matbuot xizmati.

Samolyot, poytaxtning xalqaro aeroportidan jo‘nab ketishidan avval, birinchi reysning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2021 yilda tashkil etilgan Panorama Airways xususiy aviakompaniyasi O‘zbekiston, shuningdek, BAA, Isroil, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarga yo‘lovchi havo tashishlarini amalga oshirishi rejalashtirilgan.

Aviakompaniyaning navbatdagi parvozi 23 dekabr kuni Toshkent — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, Eronning Qeshm Air kompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘ygani haqida xabar berilgandi. Parvozlar haftada bir marta — payshanba kunlari amalga oshiriladi.