ASUS noutbuklarining hozirgi modellari qatorida turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan ko‘plab zamonaviy noutbuklar mavjud, ammo ularning orasida bittasi alohida ajralib turadi. Yangi ASUS Zenbook 17 Fold OLED modeli imkoniyatlarining ko‘pligi bilan o‘ziga mahliyo qilibgina qolmay, ish, o‘qish va dam olish vaqtida sizga haqiqiy yordamchi bo‘la oladi. U noutbukdan planshetga, planshetdan monoblokka, monoblokdan elektron kitobga va yana oldingi holatiga — egasi xohlagan ketma-ketlikda aylana oladi.

Zenbook 17 Fold OLED tiniqligi (tasvir piksellari) 2,5K va diagonali 17,3 dyuym bo‘lgan sensor displeyga ega. Uning oson bukilishi ekrani 12,5 dyuymli ixcham kompyuterga aylanish imkonini beradi. Ajratilib olinadigan ErgoSense Bluetooth klaviaturasi undan baquvvat temirli klassik noutbuk yoki o‘yin va videokontent ko‘rish uchun planshet formatida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Uning ichiga esa Intel Core 16 GB operativ xotira va 1 TB xotiraga ega 12-avlod protsessori o‘rnatilgan.

reklama

Premial dizayn

Noutbuk katta zamonaviy karton qutida yetkazilib, uni bir necha oson harakatlar bilan Zenbook 17 Fold OLED`ning tagiga qo‘yadigan narsaga aylantirsa bo‘ladi. Ichida — gadjet uchun a’lo sifatli charm g‘ilof, quvvat olish uchun simli adapter, USB-A USB-C o‘tkazgichlari (perexodniklar), simsiz magnit klaviatura va noutbuk-transformerning o‘zi mavjud bo‘ladi.

ASUS brendining o‘zi o‘tkazgan tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, Zenbook 17 Fold OLED noutbuki 17-dyuymli yig‘iladigan displeyga ega dunyodagi birinchi noutbuk bo‘ldi. Uskunaga barqaror quvvatni ta’minlaydigan eng zamonaviy texnik xususiyatlar xos bo‘libgina qolmay, u betakor dizayni bilan ham ajralib turadi.

Bukilgan holatda Zenbook 17 Fold OLED zamonaviy noutbuk ko‘rinishiga egaligi uchun juda jozibador ko‘rinadi, chunki u qimmat bloknot yoki charm g‘ilofdagi hamyonga o‘xshaydi.

reklama

Korpusni ishlab chiqarishda qo‘llanilgan qimmat materiallar tufayli Zenbook 17 Fold OLED`ni nafaqat tomosha qilish yoqimli, balki undan foydalanish ham juda qulay: uskunani qo‘lda ushlaganda inson o‘zida tasvirlab bo‘lmaydigan hissiyotlarni tuyadi. Korpusning yupqaligi ham uskuna ergonomikasiga ijobiy ta’sir qiladi: ochilgan holatda atigi 8,7 mm va ixcham noutbuklar uchun vaznning kamligi — atigi 1,5 kg.

O‘ziga hos ekran

Zenbook 17 Fold OLED`ni ochayotib hayratdan yoqa ushlamaslik qiyin — uskunadagi katta egiluvchan rang-barang displey kelajak haqidagi kinolarni eslatib, hammani lol qoldirishga qodir. Egiluvchan ekranli noutbuk — bu kompyuterlar dunyosi uchun gadjetlarning imkoniyatlari chegaralarini kengaytirishga qaratilgan yangi texnologiya bo‘lib, u ishda va uyda kundalik vazifalarni bajarishga yordam beradi.

Egiluvchan displey tufayli Zenbook 17 Fold OLED noutbuk bo‘libgina qolmaydi. Olinadigan klaviaturadan ajratgandan so‘ng, gadjet ekranining pastki qismidan matn terishda foydalansa bo‘ladi. Bundan tashqari, qurilma to‘liq yoyiladi, o‘rnatilgan tag qismini ochsa hamda gadjetni gorizontal holatda qo‘ysa bo‘ladi. Bu esa unda videokontentni ko‘rish yoki undan “sichqoncha” va klaviatura yordamida monoblok sifatida foydalanish uchun ayni muddao.

Jami oltita foydalanish rejimi mavjud:

  1. Ekranli klaviatura holatida noutbuk.
  2. Planshet.
  3. ErgoSense Bluetooth klaviaturali noutbuk.
  4. Kitob rejimi.
  5. Shaxsiy kompyuter.
  6. Ajratilgan ekran holidagi kengaytirilgan rejim.

Egiluvchan displeyning barcha xususiyatlaridan maksimal darajada foydalanish uchun ASUS ishlab chiquvchilari barcha ish jarayonlarini tartibga solishga yordam beradigan ScreenXpert oyna menejerini taqdim etishdi.

reklama

Zenbook 17 Fold OLED displey tasvirining piksellari ochilgan holatda — diagonal 17,3 dyuym bo‘lganida 2560×1920 ga, tomonlar mutanosibligi esa — 4:3 ga teng. Diagonali 12,5 dyuym bo‘lganidagi yig‘ilgan ixcham holatida esa tasvir 1920×1280 piksel bo‘lib, tomonlar mutanosibligi 3:2. Matritsa tasvirining yangilanish chastotasi 60 Gs, javob berish vaqti esa — 0,2 milli soniyaga teng.

Bu noutbuk ajoyib rang uzatish xususiyati va haqiqiy jilolarga ega ASUS taqdim qilgan ilg‘or OLED ekrani bilan jihozlangan. Buning yordamida u professional ijodkorlik, yuqori sifatli kontent yaratish va grafik materiallar bilan ishlash uchun mos keladi. Bundan tashqari, OLED o‘zining tuzilishi tufayli suyuq kristalli displeylarga qaraganda zararli ko‘k rangni ancha kamroq taratadi. Bu esa foydalanuvchi ko‘zlari uchun ancha xavfsizroqdir.

Yuqori sifatli ovoz

Zenbook 17 Fold OLED ish uchun universalligi faqat yordamchi ekanligida emas. Ushbu gadjet yaxshi akustik tizimli televizorning o‘rnini bosa oladi hamda yuqori sifatli ovozda katta ekran orqali yoqtirgan videokontentni tomosha qilishdan bahramand bo‘lish imkonini yaratadi.

Yangi ixtironing korpusida Harman Kardon mutaxassislari tomonidan sertifikatlashtirilgan audiotizim mavjud. Har bir tomoshabin ekranda sodir bo‘layotganlarni aniq eshitishi uchun tizim korpusida to‘rtta baland ovozli dinamik joylashtirilgan. Bundan tashqari, noutbuk Dolby Atmos fazoviy audio effektlarini qo‘llab-quvvatlaydi va siz o‘zingizga tanish bo‘lgan musiqalarni yangidan kashf qilasiz.

Yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, Zenbook 17 Fold OLED multimedia kontentini yuqori sifatli qayta ishlash va tinglash uchun ikki kanalli “aqlli” kuchaytirgichga ega. Noutbuk kuchaytirgichi dinamiklarni juda baland ovoz darajasida ham shikastlanishdan himoya qiladi, tovush sofligini ta’minlaydi va butun chastota spektrining ovozini oshirishga qodir.

reklama

Shuningdek, noutbuk korpusida sun’iy intellekt asosida ishlaydigan samarali ovozni “yutish” texnologiyasiga ega to‘rtta mikrofon joylashtirilgan. Tez-tez video qo‘ng‘iroq qiladiganlar uchun bu xususiyat ayniqsa muhimdir, chunki buning natijasida siz turli shovqinlardan xavotir olmasangiz ham bo‘ladi — ClearVoice Mic funksiyasi ovozni yozish vaqtida fondagi tovushlarni “tozalaydi”.

Bundan tashqari, Multi-Presenter funksiyasi konferens-qo‘ng‘iroqlar paytida alohida ovozlar balandligini “tekislab” beradi. ClearVoice Mic foydalanuvchi suhbatdoshini ravshan eshita olishi uchun audioni shovqinlardan tozalab, tovushni ajratib beradi.

ErgoSense Bluetooth klaviaturali noutbuk

Zenbook 17 Fold OLED`da egiluvchan ekranning borligi bilan shartlangan asosiy xususiyatlardan biri — bu olinadigan ErgoSense Bluetooth klaviaturasidir. U noutbuk korpusiga uskunaga mustahkamlikni ta’minlaydigan magnitlar yordamida mahkamlanadi va

Bluetooth 5.2 interfeysi orqali ulanadi.

Juda yupqa yengil korpusiga qaramay, klaviatura 1,4 mm chuqurlikka kiradigan tugmalar bilan jihozlangan, buning natijasida foydalanuvchilar unda ishlashda qulaylikni his qilishadi. Bundan tashqari, har bir tugmacha 0,2 mm chuqurlikkacha bosilib, bu unga qaramagan holda ham kerakli klavishani topish imkonini beradi.

reklama

Klavishalardan tashqari, ErgoSense klaviaturasi gidrofobik va oleofob qoplamali to‘laqonli tachpad bilan ta’minlangan bo‘lib, bu tozalash jarayonini osonlashtiradi va sathni yedirilishdan asraydi. Shuningdek, bu klaviatura ko‘p vazifali rejimda unumdorlikni oshirish uchun bir lahzada bir qurilmadan ikkinchisiga o‘tish imkonini beradi.

G‘ayrioddiy quvvat

Zenbook 17 Fold OLED`ning ichida texnikaning so‘nggi so‘zida bajarilgan “mag‘zi” bor — bu 12-avlod Intel Core i7 protsessori, Intel Iris Xe grafik yadrosi, 16 GB operativ va 1 TB SSD-xotira. Operatsion tizim sifatida ASUS brendining maxsus dasturiy ta’minotiga ega yangi Windows 11 Pro taqdim etilgan.

Noutbuk Intel kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va Intel Yevo standartiga javob beradi, bu esa qurilmaning sezgirligi, yuqori tezlikda uyqu rejimidan chiqishi, uzoq vaqt avtonom ishlashi, tez quvvat olishi va barqaror kommunikatsiyaviy imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi.

Zaryadlash qurilmasi va elektron ulagichlar

Zenbook 17 Fold OLED akkumulyatori litiy-ion texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan va 75 Vt/s quvvatga ega. U 9,5 soatgacha 1080 piskselli videoni uzluksiz ko‘rish imkonini beradi. E’tiborli jihati shundaki, ASUS kompaniyasi foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida gadjetga blokdangina emas, balki kuchlanishi 5 dan 20 Vt/c gacha bo‘lgan boshqa uskunalardan ham quvvat olish imkoniyatini yaratdi.

reklama

Aytgandek, ulagichlarga to‘xtalsak: noutbukda ularning ortiqchasi yo‘q: ikkita Thunderbolt 4 (USB-C) hamda mikrofon va quloqchinni ulash uchun birlashtirilgan qurilma. Noutbukka USB-A orqali uskunalarni ulash uchun to‘plam ichida yetkaziladigan tegishli o‘tkazuvchidan foydalansa bo‘ladi. Thunderbolt 4 yordamida gadjetni quvvatlantirsa, bir vaqtning o‘zida ikkitagacha tashqi 4K-monitorlarni ulasa va ma’lumotlarni soniyasiga 40 Gbit tezlikda yuborsa bo‘ladi.

Ishonchlilik va himoya

Yangi yuqori texnologiyali Zenbook 17 Fold OLED noutbuki o‘zining ishonchliligi bilan ajralib turadigan egiluvchan displey bilan jihozlangan — ASUS mutaxassislari noutbukning sharnirini sinovdan o‘tkazishdi va uni 30 000 marta ochib yopishdi. Bundan tashqari, gadjet MIL-STD-810H harbiy-sanoat ishonchliligi standarti bo‘yicha bir qator sinovlardan va ASUS ichki tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Gadjet korpusini ehtiyotkorlik bilan saqlashdan tashqari, undan foydalanayotgan har bir inson noutbuk ichidagi ma’lumotlarning ishonchli himoyasidan xavotirda bo‘ladi. Zenbook 17 Fold OLED intellektual 5 MP va infraqizil HD-kameraga ega bo‘lib, ular egasiga yuqori darajadagi himoyani ta’minlay oladi. Shunday qilib, infraqizil HD-kamerasi Intel Visual Sensing nazoratchisi asosida ishlaydigan AdaptiveLock avtomatik qulflash texnologiyasi bilan jihozlangan.

Endi foydalanuvchi kompyuteridan uzoqlashganda, u ichidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda bloklaydi, shunda hech qanday begona odam gadjet ichida saqlangan maxfiy ma’lumotlarga “tegina olmaydi”. Egasi noutbuk yoniga qaytganida esa u uni tanib, avtomatik ravishda qulfini ochadi.

reklama

Xulosa

ASUS Zenbook 17 Fold OLED — bu kelajakdan kelib qolgan kundalik foydalanishda qulay bo‘lgan texnologik gadjet bo‘lib, u egasini lol qoldiradigan, ishda, o‘qishda va dam olishda ishonchli do‘st bo‘la oladigan uskuna bo‘lib xizmat qiladi.

U ixcham noutbuk, katta planshet, video tomosha qilish uchun katta ekran va hatto ulanadigan klaviaturali to‘liq kompyuter bo‘lishi ham mumkin. Va bularning barchasi ixcham zamonaviy uslubda mujassamdir.

ASUS Zenbook 17 Fold OLED`ni O‘zbekistondagi elektronika do‘konlarida, shuningdek ASUS`ning rasmiy hamkoridan sotib olishingiz mumkin: age.uz.

Reklama huquqlari asosida.