9 dekabr kuni Senat raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo yetakchi ayollar muloqotining yillik yig‘ilishida ishtirok etdi, deya xabar bermoqda yuqori palata matbuot xizmati.

Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotiga 2020 yil dekabr oyida O‘zbekiston tashabbusi bilan asos solingan bo‘lib, mintaqadagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rolini oshirish hamda barqaror rivojlanish bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida norasmiy mintaqaviy platforma hisoblanadi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Tanzila Narbayeva umumiy taraqqiyot ko‘p jihatdan gender tengligi va ayollarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga global va mintaqaviy e’tibor darajasiga bog‘liq ekani, chunki ular farovonlik va iqtisodiy o‘sish, taraqqiyot omili va qudratli harakatlantiruvchi kuch sifatida hal qiluvchi rol o‘ynaganini ta’kidlab o‘tdi.

BMT bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari O‘zbekiston gender tengligini ta’minlashga tizimli yondashayotganini qayd etdi.

markaziй осиё yetakchi ayollari мулоқоти, сенат raisi, танзила нарбаеva

Muloqot davomida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va unga barham berish, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash kabi yo‘nalishlarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini beradigan hujjatlar qabul qilindi.

Shuningdek, 11 dekabr kuni Senati raisi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Turkmaniston betarafligining 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan xalqaro konferensiya ishida ham qatnashdi.