Samarqandda fuqaroni katta pul evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Payariq tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan I.N. mahalliy fuqaroni soxta hujjatlar asosida Turkiya va Yaponiya orqali AQShga yuborish evaziga 40 000 dollari talab qilib, dastlabki hujjatlarni tayyorlash uchun kelishilgan puldan 10 000 AQSh dollari va uning xorijiy pasportini talab qilib olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Fuqaro I.N. ushbu jinoyatni 1994 yilda tug‘ilgan tanishi, Toyloq tumanida yashovchi U.A. bilan til biriktirgan holda amalga oshirayotganligini ma’lum qildi.

Ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida fuqarolarni AQShga noqonuniy yo‘llar bilan jo‘natishga urinish bo‘yicha bir qancha holatlar qayd etilgan edi.

Xususan, aprelda AQShda yashovchi sherigi bilan Samarqandda yashovchi fuqaroni 40 ming dollar evaziga Turkiya va Lotin Amerikasi davlatlari orqali AQShga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga олинган.

Yanvarda uch nafar fuqaroni 60 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natishga va’da qilgan erkak ushlangan.

2021 yil dekabr oyida esa Davlat xavfsizlik xizmati va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ikki samarqandlikka AQShga yuborishga va’da berib, har biridan 30 ming dollardan talab qilgan shaxslarni qo‘lga olgan.