Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy jamoasi 1−12 noyabr kunlari Iordaniyaning Ammon shahrida o‘tkazilgan 2022 yilgi Osiyo chempionatida 10 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar


Bokschilar beshta oltin, ikkita kumush va uchta bronza medalini qo‘lga kiritib, erkaklar jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining medal sovrindorlari:

Oltin:

  • -51 kg: Xasanboy Do‘smatov;
  • -57 kg: Abdumalik Halakov;
  • -63,5 kg: Ruslan Abdullayev;
  • -75 kg: Saidjamshid Jafarov;
  • +92 kg: Lazizbek Mullajonov.

Kumush:

  • -80 kg: Odiljon Aslonov;
  • -92 kg: Madiyar Saidrahimov.

Bronza:

  • -54 kg: Shaxzod Muzaffarov;
  • -60 kg: Adhamjon Muhiddinov;
  • -67 kg: Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev.
  • -80 kg: Odiljon Aslonov
  • -92 kg: Madiyar Saidrahimov

Bronza:

  • -54 kg: Shaxzod Muzaffarov
  • -60 kg: Adhamjon Muhiddinov
  • -67 kg: Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev.

Erkaklar o‘rtasida boks bo‘yicha OCH-2022 medallar reytingi:

  1. O‘zbekiston — 5−2−3
  2. Qozog‘iston — 3−6−3
  3. Iordaniya — 2−2−1
  4. Tailand — 2−0−0
  5. Filippin — 1−0−0
  6. Hindiston — 0−1−4
  7. Mongoliya — 0−1−4
  8. Yaponiya — 0−1−1
  9. Qirg‘iziston — 0−0−4
  10. Eron — 0−0−2
  11. Tojikiston — 0−0−2
  12. Pokiston — 0−0−1
  13. Tayvan — 0−0−1

Ayollar

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi uchta medalni qo‘lga kiritdi. Navbahor Hamidova (66 kg gacha) finalda koreyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratib, turnir chempioni bo‘ldi.

Sohiba Ro‘zmetova (75 kg gacha) finalda hindistonlik Lovlina Borgoxaynga imkoniyatni boy berib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Farzona Fozilova esa Osiyo chempionatining bronza medali sohibasiga aylandi.


Ayollar o‘rtasidagi boks bo‘yicha OCH-2022 medal jamg‘armasida O‘zbekiston beshinchi o‘rinni egalladi:

  1. Hindiston — 4−1−2
  2. Qozog‘iston — 3−1−5
  3. Yaponiya — 1−4−0
  4. Janubiy Koreya — 1−1−4
  5. O‘zbekiston — 1−1−1
  6. Tayvan — 1−0−2
  7. Vetnam — 1−0−1
  8. Tailand — 0−2−1
  9. Mongoliya — 0−1−4
  10. Iordaniya — 0−1−1
  11. Filippin — 0−0−2

Bahslar videosharhini ushbu havola orqali tomosha qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda BAAda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida ham erkaklar jamoasi birinchi o‘rinni egallagandi, ammo umumjamoa hisobida Qozog‘istondan keyin ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.