Hukumatning 19 oktabrdagi [612-sonli] qaroriga muvofiq nodavlat professional ta’lim litsenziyasini olish talablari soddalashtirildi.

Qarorga ko‘ra bu turdagi tashkilotlar uchun davlat mulki obyektlarini ijaraga olishning eng ko‘p muddati 5 yildan 10 yilgacha uzaytirildi.

Shuningdek, nodavlat ta’lim tashkilotlarining professional ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun bankdagi hisobvarag‘iga qo‘yiladigan mablag‘ miqdori 2 baravarga (50 ming dollardan 25 ming dollarga) qisqartirish orqali litsenziya talablari va shartlari soddalashtirildi.

Qarorning ijrosi VM huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi va Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklatildi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda nodavlat va litseniziyaga ega OTMlar soni 56 tani tashkil etmoqda.

Shuningdek, qaror bilan pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va malaka berish jarayoniga ham o‘zgartish va ko‘shimchalar kiritildi.