21 sentabrda Rossiyada qisman mobilizatsiya e’lon qilingach, Qozog‘iston, Gruziya, Armaniston va MDH davlatlarida Rossiya fuqaroligiga ega ish izlovchilar soni ortishi kuzatildi. Ammo ushbu davlatlardagi bo‘sh ish o‘rinlari soni o‘zgarishsiz qoldi. Talab va taklifning nomutanosibligi tufayli kelgusi bir necha oy ichida ish topish imkoniyati asosan Rossiya kompaniyalarida masofadan turib ishlay oladigan muhojirlar uchun bo‘ladi, deydi ekspertlar.

Forbes Russia nashrining HeadHunter platformasi bilan olib borgan izlanishlari qo‘shni mamlakatlarda, shuningdek, Turkiya va Ozarbayjonda ruslarning faol rezyumelari soni keskin oshganini ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar butun dunyo bo‘ylab faoliyat yurituvchi hh.ru sayti hamda Qozog‘istonning hh.kz saytidagi talab va taklif haqidagi ma’lumotlarni tahlil qildi. Ushbu saytlarda ariza beruvchilar fuqaroligini ko‘rsatishi shart etib belgilangan.

Tadqiqotlarning katta qismi (65%) rezyumelar sonining ortishi Qozog‘istonda kuzatilganini qayd etdi. 5 sentabrdan 5 oktabrgacha ish izlovchilar soni 23 444 nafardan 38 744 gacha oshdi. Rezyumelar Gruziyada (48%), O‘zbekistonda (47%), Qirg‘izistonda (43%), Armanistonda (35%), Ozarbayjonda (30%) va Turkiyada (27%) nisbatan oshgan.

Shuningdek, yuqorida keltirilgan mamlakatlarda IT sohasiga bo‘lgan talab bozor talabidan ancha yuqorilagan.

Emigratsiya qilingan davlatlardagi Rossiya fuqarolarining rezyumelari oshish dinamikasi. Manba: Forbes

Ayrim sohalar, jumladan, go‘zallik saloni, tibbiyot, ishlab chiqarish, moliya va buxgalteriya tarmoqlarida talab soni keskin kamaygan.

Hh.ru mehnat bozori bosh eksperti Natalya Daninaning ta’kidlashicha, Gruziya, Armaniston va Turkiya kabi talabgorlar orasida ruslarning ulushi yuqori (20% dan ortiq) bo‘lgan mamlakatlarda bo‘sh ish o‘rinlari sonining bir oz o‘sishi fonida ish topishda qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatlarda bir necha oy davomida, faqat Rossiyada masofaviy ish topish imkoni mavjud. O‘zbekiston va Qirg‘izistonda abituriyentlar orasida ruslarning ulushi hali ham mos ravishda 2% va 6% ni tashkil etadi.


SuperJob platformasi asoschisi Aleksey Zaxarovning fikricha, emigrantlarning yangi to‘lqini masofaviy ishlarni davom ettiradi. Uning fiqricha, ular Rossiyada qoldirib ketgan ishlarining analoglarini na Armanistonda, na Ozarbayjonda va na Qozog‘istonda topa oladilar, chunki ular milliy tillarni va ishning o‘ziga xos xususiyatlarini bilmaydi.

«Ko‘pchilik qaytib keladi. Qolganlari o‘z omadlarini boshqa mamlakatlarda sinab ko‘radi, u yerda ham ularni hech kim kutib turgani yo‘q», — deydi Zaxarov. Uning fikricha, faqat yuqori malakali mutaxassislar chet elda ish topa oladi, qolganlar esa «katta qiyinchiliklarga» duch keladi.