Tojikistonda Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida o‘zbek tilida bitilgan eski qo‘lyozma aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati a’zosi Badriddin Maqsudov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Badriddin Maqsudovнинг aytishicha, kitob Amir Temur haqida yozilgan va shu paytga qadar yetib kelgan turkiy qo‘lyozmalarning hozircha eng qadimiysi bo‘lishi mumkin.


Kitobning xotimasida qo‘lyozma hijriy 1027 yil rajab oyida bitilgani qayd etilgan. Bu milodiy 1618 yilning iyun-iyul oylariga to‘g‘ri keladi.

Kitob kimning qalamiga mansub ekani, kim tomonidan, qayerda ko‘chirilgani hozircha ma’lum emas.

Ma’lumot o‘rnida, ayni paytga qadar Amir Temur haqida bitilgan turkiy asarlarning eng qadimiysi 1713 yilda yaratilgan, deb kelinadi.