1 oktabr kuni kechqurun «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 293 kilometrida Cobalt mashinasi traktorga urilishi oqibatida 2 kishi vafot etdi. Bu haqda Namangan YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Cobalt haydovchisi Toshkent-vodiy yo‘nalishida ketayotgan vaqtida harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, o‘zidan oldinda bo‘lgan MTZ-80 rusumli traktor tirkamasiga borib urilgan. Oqibatda «Cobalt» ichida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi og‘ir jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Avtomashina haydovchisi va yana ikki nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat bo‘yicha Pop tuman IIB TB tergovga qadar surishtiruv olib boryapti.

Ayni vaqtda Namangan viloyati miqyosida YHXB mas’ullari traktor haydovchilari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borib, tungi vaqtda yoritish chiroqlari va nur qaytargichlar soz holda harakatlanish bo‘yicha qat’iy nazorat qilmoqda, deyiladi xabarda