Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra, «superkontrakt» asosida o‘qishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Tegishli qaror давлат OTMlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilindi, deya xabar bermoqda Oliy ta’lim vazirligi.

Bunda tegishli tashkilotlar tavsiyanomasiga ega abituriyentlar 8 avgustdan 22 avgustgacha (shu kuni ham) Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdan prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va ularning tizimidagi tashkilotlar, davlat organ va vazirliklari, agentlik va qo‘mitalar, tijorat banklari, bir qator aksiyadorlik jamiyatlair va tadbirkorlik subyektlari joy olgan.

Vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari har bir o‘quv yili uchun markaziy va hududiy tuzilmalari hamda tizim tashkilotlaridan 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishi mumkin.

To‘liq ro‘yxat