Toshkent aeroportida yuk aravalari yetishmasligi yuzaga keldi. Bu aeroportni yuk aravalari bilan ta’minlaydigan Abadiya Trade kompaniyasi tomonidan shartnomani bir tomonlama bekor qilinishi bilan bog‘liq, deb xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Uzbekistan Airports Handling kompaniyasi Toshkent xalqaro aeroporti uchun yangi yuk aravalar xarid qilish orqali muammoni hal qilish choralarini ko‘rmoqda.

«Yaqin kunlarda aeroportga 1000 ta yangi yuk aravalari yetkazib berilishi kutilmoqda. Unga qadar aeroport xodimlari yo‘lovchilarga, ayniqsa ayollar va yoshi katta yo‘lovchilarga og‘ir yuklarni tashishda yordam berishadi», — deyiladi xabarda.