O‘zbekistonda 25 iyundan boshlab O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan juda issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Shanba kuni havo harorati kechasi +21…+24 daraja, kunduzi +36…+39 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +42…+44 darajagacha bo‘ladi.

Yakshanba kuni harorat foni kechasi +23…+26 gacha, kunduzi +38…+42 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda hatto +43…+45 darajagacha ko‘tariladi.

Ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, deyiladi xabarda.

Meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari davomida eng issiq iyun oyida havo harorati +44…+46 darajagacha, Qizilqum cho‘lida +47 darajagacha, respublikaning eng janubida +48…+49 darajagacha ko‘tarilgan.

Viloyatlar kesimida:

  • 25−28 iyunda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida +42…+44 darajagacha;
  • 25−29 iyunda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +43…+45 darajagacha;
  • 26−29 iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +40…+42 darajagacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi ehtimoli bor.

Qolaversa, O‘zbekistonda 25 iyundan 3 avgustgacha bo‘lgan qirq kunlik issik kunlar boshlanadi. Xalq an’analariga ko‘ra, «chilla» yoki «saraton» deb nomlanuvchi bu kunlar fors tilida «qirq kun» degan ma’noni anglatadi.

Yozda qizigan cho‘llar ustida yuqori haroratli va namligi kam bo‘lgan tropik havo massalari shakllanadi, bu yozning o‘rtalarida bulutli, quruq va issiq ob-havoni belgilaydi.

Odatda, haroratning eng yuqori qiymatlari aslida «chilla» davriga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, bu yil ham «chilla» ning boshlanishi joriy yilning birinchi issiq to‘lqinlariga to‘g‘ri keldi.

O‘zgidromet tafsiyalariga ko‘ra, «chilla» vaqtida quyoshda uzoq vaqt, ayniqsa kunning o‘rtasida qolmaslik kerak. Agar buning iloji bo‘lmasa, tanani va boshni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoya qilishga harakat qilish kerak.

Ko‘p suyuqlik ichish muzlatgichdan muzli ichimliklar emas, balki iliq suv yoki eng yaxshisi ko‘k choy ichish tafsiya qilinadi.

Shu bilan birga ko‘proq meva, sabzavotlarni iste’mol qilish kerak. Juda achchiq va yog‘li ovqatlarni ite’mol qilmaslikka harakat qiling. Sovutish moslamalari bilan jihozlanmagan do‘konlardan mahsulotlarni xarid qilmang.

Qolaversa, konditsionerli xonada bo‘lganda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sovuq havo oqimi tagida o‘tirmaslik va konditsionerni 18 darajadan past bo‘lmagan haroratga «dasturlash» tafsiya qilinadi.