Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida 23 iyun kuni 13 soatga elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Bu vaqtda, ya’ni soat 7:00 dan 20:00 ga qadar yangi elektr uzatish ustunlari o‘rnatiladi, deb xabar berdi «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» matbuot xizmati.

Yashnobod tumani:

  • «Texnopark» MCHJ, «Shampan-vino» zavodi, «Kalisto» XF, ATS-169, «Parkent» bozori, «Al-Xorazmiy» maktabi, O‘zdonmahsulot MCHJ Doka-xleb, Kotelnaya ToshmI, Tuzel-1 Nasosnaya, Ko‘r-soqovlar maktab-internati, Tuman jinoyat sudi, Qon quyish instituti, Diagnostika markazi, Botkina ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish obektlari, Eron Respublikasi elchixonasi, TashkECH, 510-, 359-, 529- hamda 149-sonli MTM, shuningdek, «Makro», «Texnopark» va «Korzinka» savdo markazlari;
  • «Riyoziy» mavzesi, M. Ulug‘bek, Oltintepa, S. Mashxadiy ko‘chalari, 22-sonli Harbiylar shaharchasi, S. Rozina, Parkent — 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7-tor ko‘chalari, «Tashselmash» mavzesi, Chizelniy mavzesi, Tuzel-1 dahasi hamda ko‘chalari;
  • «Do‘stlik» MFY, «Mashinasozlar» MFY, «Do‘stobod» MFY, «Boyqo‘rg‘on» MFY, «Umid» MFY, «Cho‘lpon» MFY, «Istiqlol» MFY, «Fidoyilar» MFY, «Semurug‘» MFY hamda «Amir Temur» MFYlarida joylashgan aholi xonadonlari hamda tadbirkorlik subyektlari.

Mirzo Ulug‘bek tumani:

  • Shifokorlar malakasini oshirish instituti yotoqxonasi, «Parkent» mavzesi, Quduqboshi, Oltintepa, Asaka, Bo‘zbozor, Xirmontepa ko‘chalari hamda 493-, 456-, 410- hamda 597-sonli MTM va 148-sonli maktab, shuningdek, tadbirkorlik subektlari;
  • «Turon» MFY, «Olmachi» MFY, «Yangi olmachi» MFY, «Asaka» MFY, «Podshobog‘» MFY, «Oltintepa» MFY hamda «Katta Oltintepa» MFYlarida elektr energiyasi soat 07:00 dan 20:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.