Toshkent shahrida ayrim tumanlarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi.

Ta’kidlanishicha, «ToshIEM»ga keluvchi yuqori bosimli magistral gaz quvurida nosozlik yuzaga kelgan.

Shu sababli quyidagi tumanlarning ayrim hududlarida 2022 yil 20 iyun soat 18:00dan 21 iyun soat 06:00 ga qadar issiq suv ta’minoti vaqtincha qisman to‘xtatiladi:

  • Mirobod;
  • Yakkasaroy;
  • Yashnobod;
  • Mirzo Ulug‘bek;
  • Yunusobod;
  • Shayontohur;
  • Chilonzor;
  • Sergeli.

Yuqori bosimli gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilishi bilan issiq suv ta’minoti tiklanadi.

«Toshissiqquvvati» DUK noqulayliklar uchun uzr so‘ramoqda.