Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyatidagi Hisor tog‘ tizmalarining janubi-g‘arbiy etaklarida dengiz sathidan 1800 m dan 4500 m gacha balandlikda joylashgan Hisor davlat qo‘riqxonasining Mirakiy qismi suratlariini e’lon qildi.

Qo‘riqxona noyob archa o‘rmonlarini muhofaza qilish uchun tashkil etilgan bo‘lib, u to‘rt qismdan iborat: Qizilsuv, Tanxazdaryo, Miraki va G‘ilon. Bu yerda kamyob, qo‘riqlanadigan turlar, jumladan, Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i, qor qoploni, Turkiston silovsini, O‘rta Osiyo qunduzi va boshqa jonivorlar yashaydi. Qo‘riqxonada kamdan-kam uchraydigan tog‘ qushlari — boltayutar kalxat, qor kalxati, burgut va boshqalar ham hayot kechiradi.

Qo‘riqxonaning umumiy maydoni qariyb 8100 gektar, muhofaza zonasi 11231 gektar bo‘lib, unda mashhur Amir Temur g‘ori, dinozavrlar izlari qolgan hududlar, Suvtushar sharsharasi va Hazrati Sulton platosi joylashgan.

Foto