Ulan-Batorda (Mo‘g‘uliston) sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi 2 kumush va 6 bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Musobaqada yunon-rum, erkin va ayollar kurashi bo‘yicha medallar qo‘lga kiritildi.
Kumush medallar:
- -87 kg: Jalgasbay Berdimuratov (yunon-rum kurashi);
- -97 kg: Rustam Assakalov (yunon-rum kurashi);
Bronza medallari:
- -55 kg: Jasurbek Ortiqboyev (yunon-rum kurashi);
- -82 kg: Muhammadqodir Rasulov (yunon-rum kurashi);
- -130 kg: Mo‘minjon Abdullayev (yunon-rum kurashi);
- -50 kg: Jasmina Immayeva (xotin-qizlar kurashi);
- -65 kg: Abbos Rahmonov (erkin kurash);
- -86 kg: Bobur Islomov (erkin kurash).