Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi “Ichan-Qal'a” davlat muzey-qo‘riqxonasida o‘rganish ishlari olib bordi, deb xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, o‘rganishlar davomida bir qator kamchilik va muammolar aniqlangan. Xususan, ayrim ashyolarning tavsiflariga o‘zgartirishlar kiritilganligi yuzasidan asoslovchi hujjatlar mavjud emas, deb topildi.

Foto: Madaniy meros agentligi

O‘rganish davomida noyob ashyolar ro‘yxatiga kiritilgan ashyolar xatlovdan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, jami 101 ta muzey ashyolari kirim kitobi tavsifnomalariga o‘lchami, materiali, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo‘yicha mos kelmasligi aniqlandi.

Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xat-hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.