Bosh vazirning maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimi tugatildi. Bu prezidentning Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirishga oid qarorida aks etgan, deb xabar berdi Nigoh Telegram-kanali.

Uning o‘rniga bosh vazirning Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi lavozimi kiritildi.

Ushbu lavozimga Bobir Islamov tasdiqlandi va shu munosabat bilan u Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.

U 1984 yil 4 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005 yilda Abu Rayxon Beruniy nomli Toshkent Davlat texnika universitetida bakalavriatni, 2007 yilda mazkur universitetning magistraturani tamomlagan. 2010 yilda Bank-moliya akademiyasida tahsil olgan. Geologiya mineralogiya fanlari nomzodi.

Bobir Islamov 2017 yilda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, 2017 yildan hozirga qadar qo‘mita raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.