Pokiston bosh vaziri Imron Xon mamlakat parlamenti tarqatib yuborilgandan so‘ng hukumat rahbari lavozimidan chetlashtirildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

«Pokiston prezidenti mamlakat Konstitutsiyasining 58-(1) moddasi va 48-(1) moddasiga muvofiq, Milliy assambleyani tarqatib yuborishi ortidan… Imron Ahmad Xon Niozi Pokiston bosh vaziri lavozimini egallab turishni darhol to‘xtatdi», — deyiladi Vazirlar Mahkamasining xabarnomasida.

Shu bilan birga, Pokiston prezidenti Orif Alviyning ma’lum qilishicha, vaqtincha bosh vazir tayinlangunga qadar Imron Xon mazkur lavozimda qoladi.

«Imron Ahmad Xon Niozi Pokiston Islom Respublikasi Konstitutsiyasining 224- A (4) moddasiga muvofiq, muvaqqat bosh vazir tayinlanguniga qadar bosh vazir bo‘lib qoladi», — deya yozdi Pokiston prezidenti Twitter`da.

Yakshanba kuni Pokiston prezidenti bosh vazir taklifi bilan mamlakat parlamentini tarqatib yuborgan edi. RIA Novostining yozishicha, bu, xoyna-xoy, parlament spikeri o‘rinbosari Kassim Suri bosh vazirga ishonchsizlik votumini Konstitutsiyaning 5-moddasiga zid deb atab, uni rad etganidan ko‘p vaqt o‘tmasdan sodir bo‘ldi. Sababi ishonchsizlik ovozini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror muxolifat partiyalarining noroziligiga sabab bo‘lgan va ular ushbu qaror ustidan sudga shikoyat qilishlarini aytishgan.

Axborot va teleradio uzatishlar vaziri Farrux Habibga ko‘ra, Pokistonda yangi parlament saylovlari 90 kundan so‘ng bo‘lib o‘tadi.