Isroilov Abdulaziz Abdusattarovich Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Abdulaziz Isroilov Toshkent shahar hokimligi Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi bosh direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Uning zimmasiga shaharda joylashgan kanallar va ulardagi inshootlarni saqlash bo‘yicha yagona texnik siyosatni olib borish, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, irrigatsiya va drenaj tizimida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish kiradi.

Qolaversa, u Toshkent shahrida suv toshqini hamda yog‘ingarchilik bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish ahvolini tizimli tahlil qilishga ham javobgar bo‘ladi.