Farg‘ona viloyatida tuman va shaharlar chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamaga qo‘yildi. Hujjat Vazirlar Mahkamasi taklifiga binoan viloyat hokimligi tomonidan 25 mart kuni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, viloyatning 7 ta tumani hisobidan uchta shahar hududini quyidagicha kengaytirish taklif etilmoqda:

  • Farg‘ona tumanidan 951,5 gektar (shundan 542,71 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Marg‘ilon shahri tarkibiga;
  • Qo‘shtepa tumanidan 133,59 gektar (shundan 17,07 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Marg‘ilon shahri tarkibiga;
  • Toshloq tumanidan 34,4 gektar yer maydoni Marg‘ilon shahri tarkibiga;
  • Dang‘ara tumanidan 814,9 gektar (shundan 327,5 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Qo‘qon shahri tarkibiga;
  • O‘zbekiston tumanidan 1456 gektar (shundan 532,9 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Qo‘qon shahri tarkibiga;
  • Uchko‘prik tumanidan 424,66 gektar (shundan 179,06 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydoni Qo‘qon shahri tarkibiga;
  • Farg‘ona tumanidan 811,66 gektar (shundan 73,91 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Farg‘ona shahri tarkibiga o‘tkazish belgilangan.

Marg‘ilon, Qo‘qon va Farg‘ona shahaplari tapkibiga qo‘shimcha ravishda kipitilayotgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalariga qapashli yeplap ularning ixtiyopida qoladi.

Hujjat deputatlar tomonidan ma’qullangach, Senatga yuboriladi.

Qaror loyihasi muhokamalari 9 aprelga qadar davom etadi.