18 mart kuni kechqurun soat 20:45 da Yashnobod tumanidagi motor moy mahsulotlari (bochkalarda) omborida yong‘in chiqdi, deb xabar berdi FVV.

Voqea Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan «Orient Logistics Center» qo‘shma korxonasi hududidagi omborxonada yuz bergan. U yerga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 3 ta maxsus va 2 ta yordamchi texnikalar zudlik yetib borgan.

Yong‘in soat 21:49 da qurshab olingan va 19 mart soat 03:30 da bartaraf etilgan. Voqea natijasida omborxonaning taxminan 2000 kv. m maydonida moy mahsulotlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, vafot etganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.