Bahorgi sovuqlar davrida butun respublika miqyosida agrarchilarga yordam berish bo‘yicha tezkor guruhlar tashkil etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ular mevali bog‘ va tokzorlar, ertaki kartoshka va sabzavot ekinlariga havo harorati salbiy ta’sirining oldini olish maqsadida soha olimlari bilan birgalikda tavsiyalar ishlab chiqadi, ularni joriy etadi.

Tezkor guruhlar respublika shtabini qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev, hududiy shtablarni esa Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi raisi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshqaradi.

Eslatib o‘tamiz, 17−20 mart kunlari respublika hududida keskin sovuq tushishi, havo harorati kechasi −7…−10 daraja sovuq, kunduzi +3…+8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, 18 martga o‘tar kechasi respublikaning aksariyat qismida qor yog‘di.

Respublika monitoring shtabi aloqa markazi telefon raqamlari:
+998 71 2067169; +99871 2067170; +99871 2067172.
Elektron manzil: meva@agro.uz

HUDUDIY SHTABLAR
Qoraqalpog‘iston Respublikasi (+998) 90−705−05−12
Andijon viloyati (+998) 97−339−44−43
Buxoro viloyati (+998) 91−443−07−31
Jizzax viloyati (+998) 94−919−19−29
Qashqadaryo viloyati (+998) 98−776−01−09
Navoiy viloyati (+998) 91−333−74−76
Namangan viloyati (+998) 99−971−02−09
Samarqand viloyati (+998) 94−445−65−85
Sirdaryo viloyati (+998) 97 777−31−11
Surxondaryo viloyati (+998) 97−352−74−74
Toshkent viloyati va Toshkent shahri (+998) 93−375−22−00
Farg‘ona viloyati (+998) 91−112−71−00
Xorazm viloyati (+998) 90−719−62−78