Yanvar-fevral oylarida Respublika tez tibbiy yordam xizmatiga kelib tushgan 31,3 mingtaga yaqin murojaat asossiz deb baholangan va ularning 922 tasi yolg‘on chaqiriqlardan iborat ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisabatan qariyb 18 ta kam. «Ammo bunday murojaatlar sababli insonlar hayoti xavf ostida qolishini inobatga olsak, ularning bittasi ham ko‘p», — deya ta’kidlamoqda vazirdik.

Eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Toshkent viloyatida (258 tani) qayd etildi. Qashqadaryo viloyatida (124 ta) chaqiriq yolg‘on bo‘lgan. Farg‘ona viloyatidan 119 kishi «Tez yordam»ga yolg‘ondan murojaat qilgan. Bu holat Toshkent shahrida 107 ta, Navoiy viloyatida 102 tani tashkil etadi.

Eng kam yolg‘on chaqiriq esa Jizzax viloyati (2 ta), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (11 ta) va Sirdaryo viloyatida (15 ta) qayd etildi.

Bundan tashqari, yanvar-fevral oylarida yana bir qancha murojaat natijasiz chaqiriq bo‘lgan.

Jumladan, 1401 ta holatda manzil topilmagan, 11 ming 692 ta vaziyatda tez tibbiy yordam rad etilgan, 2 ming 598 ta holatda bemor o‘z joyida bo‘lmagan, 5 ming 692 tasida boshqa transport vositasida olib ketilgan, 339 tasida esa «Tez yordam» xodimlariga eshik ochilmagan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan 2021 yilda yurtimizda «Tez yordam» xizmatiga jami 194 ming 96 ta asossiz chaqiriq kelib tushgan edi.