Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan 19−20−21−22−23 mart kunlari yo‘lovchi transporti va ziyoratgohlar uchun respublika bo‘ylab chegirmalar joriy qilindi. Mazkur qaror «aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida» qabul qilindi.

Unga ko‘ra quyidagilarga:

  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan respublika aholisi uchun ichki qatnovlarga barcha turdagi tariflarga 50 foiz chegirma;
  • «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan respublikaning barcha ichki qatnovlari uchun:
  • nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941−1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar uchun — 50 foiz;
  • oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ va DBX maxsus ta’lim muassasalari talabalari uchun — 15 foiz;
  • oilalar (ikki va undan ortiq kishi — eri va rafiqasi, er yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona, nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) uchun — 15 foiz;
  • kollektiv (hamkasblarga) guruhdagilar uchun — 15 foiz;
  • «Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilar uchun — 10 foiz chegirmalar;
  • «Vaqf» xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik kirish chiptalari joriy qilingan ziyoratgohlariga kattalar uchun 20 foiz hamda yoshlar uchun 50 foiz chegirmalar joriy qilindi.

Bundan tashqari, respublika bo‘ylab joylashgan muzeylar, mehmonxonalar va ovqatlanish shoxobchalari tomonidan ham ixtiyoriy chegirmalar berilishi mumkin.