«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda to‘yimli taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Tatarcha go‘shtli peremyachlar


Peremyach — belyashi kabi taniqli taom bo‘lib, ular shakli jihatidan o‘xshash, farq faqat o‘rtada qoldiriladigan teshikda. Peremyachlarni borshga qo‘shimcha sifatida yoki bayram dasturxoniga tortish mumkin.

Frikadelkali oddiy pirog


To‘yimli, ishtaha ochar va tayyorlanishi juda oson bo‘lgan ushbu pirogni xohlagancha pishirish mumkin. Ushbu pirog tez va muzlatgichda mavjud bo‘lgan mahsulotlardan tayyorlanadi.

Go‘shtli yupqa


Yupqa — bu o‘ziga xos an’anaviy taom. Qovurishning g‘ayrioddiy usuli tufayli siz taniqli mahsulotlardan mazali va to‘yimli taom tayyorlashingiz mumkin bo‘ladi.

Bedana tuxumli teftellar


Bedana tuxumi ushbu taomga o‘zgacha ta’m taqdim etib, uni yanada mazaliroq qiladi. Mahsulotlar oddiyligiga qaramasdan, taom noodatiy va qiziqarli bo‘lib chiqadi.

Go‘shtli «uyachalar»


Ushbu «uyachalar» oddiy kotletlarning o‘rnini bosuvchi ajoyib taom bo‘lib, ular juda mazali va sersuv holda pishadi.

Gaz pechida pishirilgan kartoshka va go‘shtli frikadelkalar


Gaz pechida pishirilgan kartoshka va go‘shtli frikadelkalar — oilaviy tushlik yoki kechki ovqat uchun ajoyib variant. Ushbu taom juda mazali va xushbo‘y bo‘lib chiqadi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15