DXX Surxondaryoda tez tibbiy yordam muassasasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1300 dollari talab qilgan fuqaroni aniqlagani aytilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Denov tumani «Vodiy» mahallasidagi tez tibbiy yordam muassasasi xodimi Sh. B. o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, J.Sh. ga muassasaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Buning evaziga undan 1300 AQSh dollari pora sifatida olayotgan vaqtda DXX hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingani aytilmoqda.

Ungda Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) va 28−211-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari borligi gumon qilingan va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.