17 fevral kuni Afisha.uz nashrining o‘zbek tilidagi Telegram-kanali ko‘k belgi (verifikatsiya)ni oldi. @afishauzb — yangi formatda 2021 yilning dekabr oyidan ishlay boshladi.

«Telegram-kanal obunachilar uchun qulay va tushunarli formatda tasdiqlangan ma’lumotlarni taqdim etib, saytning tahririy siyosatini to‘liq aks ettiradi. Obuna bo‘lib, barcha konsertlar, kinopremeralar, ko‘rgazmalar, restoranlarning lokatsiyalari va narxlari haqida o‘zbek tilida ma’lumot olish mumkin», — deya ta’kidladi Afisha.uz bosh muharriri Galina Sapayeva.

Bunday format o‘zbek tilida so‘zlashuvchi auditoriya tomonidan yaxshi qabul qilindi. Ikki oydan kamroq muddat ichida 2000 nafardan ortiq odamlar obuna bo‘ldi.

Endilikda O‘zbekistondagi madaniy-ko‘ngilochar hayot haqidagi birinchi OAV — Afisha.uz`ning barcha ijtimoiy kanallari verifikatsiya belgisini oldi. Birinchi belgini Facebook`dagi sahifa (42 000 nafar obunachilar), so‘ng Instagram`da (deyarli 87 000 nafar obunachilar), rus tilidagi Telegram-kanal (18 500 nafar obunachilar) va endilikda rasmiy belgini o‘zbek tilidagi Telegram-kanal ham oldi (2500 dan ortiq obunachilar).

«Bizning asosiy vazifamiz mamlakatda hordiq sohasida yordam beradigan foydali va tushunarli kontentni yaratish bo‘lgan, bo‘lmoqda va bo‘ladi ham. Saytimiz orqali ko‘pgina narsalar haqida bilib olish mumkin — kino jadvallaridan tortib, bolalar uchun mahorat darslarigacha, uchrashuv uchun restoran tanlashdan, farzandingiz uchun bolalar bog‘chasigacha bir qancha ma’lumotlar taqdim etiladi. Tadbirlarning narxlari va qachon bo‘lishi haqidagi batafsil ma’lumotlarni saytda istalgan vaqtda topish mumkin», — dedi Galina Sapayeva.

«2021 yilning dekabr oyida biz o‘zbek tilidagi Telegram-kanalimiz faoliyatini tikladik. Kanalning qo‘shimcha qulayligi biror tadbir qachon bo‘lishi, chiptalar narxi va ularni qayerda sotib olish mumkinligi haqidagi ma’lumotning taqdim etilishida. Bunday formatda o‘zbek tilidagi tasdiqlangan va ishonchli xabarlar deyarli yo‘q. Biz ushbu sohani rivojlantirishdan mamnumiz va Telegram bizni rasmiy tan olganligidan xursandmiz», — deya qayd etdi u.