Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining bosh kotibi Helga Shmid mart oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Ushbu tashrifga tayyorgarlik tafsilotlari 10 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Per fon Arks bilan uchrashuvi vaqtida muhokama etildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bundan tashqari, 3−4 mart kunlari Toshkent shahrida BMTning Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi global strategiyasi birgalikda amalga oshirilishining 10 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tadbir YeXHT va BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkillashtirilmoqda.

TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va YeXHT o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi.