Shaxrillo Maxmudov va Abdullo Aslonov Turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda.

Shu vaqtgacha mazkur lavozimlarda ishlagan O‘tkir Saidov va Avazjon Karimov esa boshqa ishga o‘tganligi bois, lavozimlardan ozod etildi.

Shaxrillo Maxmudov 1970 yil 13 sentabrda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. U 1992 yilda Buxoro davlat pedagogika institutini «jismoniy tarbiya o‘qituvchisi» yo‘nalishida tamomlagan. 2013 yildan buyon O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

U 2002 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni, 2016 yilda «Mexnat shuhrati» ordeni hamda 2021 yilda «| darajali Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlangan.

Abdullo Aslonov 1984 yil 8 iyul kuni Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2014 yilda Samarqand davlat chet tillar instituti magistraturasini tamomlagan.

Shuningdek, Regent London (Angliya), Kings Institute (Angliya), Marlborough College of Businnes and Technology (Angliya) talabasi bo‘lgan. Ko‘p yillar A.Aslonov «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tizimida faoliyat yuritgan. 2020 yildan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining a’zosi hisoblanadi.