Andijonda «Hizb ut-Tahrir» diniy ekstremistik tashkilotining «Ayollar qanoti» guruhi a’zolari ekanligi gumon qilinayotgan 12 nafar ayol aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi. Tezkor tadbir 16 yanvar kuni DXX va Andijon viloyati IIB TEQKB hamda Andijon tumani IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, ular Andijon tumanida yashovchi fuqaro M.M.ning xonadonida to‘planib, diniy ekstremistik tashkiloti faoliyatini targ‘ib qiluvchi diniy o‘qishxonlik qilib kelayotgan bo‘lgan.

Ular hozirda Turkiya davlatida bo‘lgan ayol M.X. (1972 y. t.)ing ko‘rsatmasi asosida tez-tez bir-birlarining xonadonlarida ziyofat bahonasida yig‘ilib turgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov davom etmoqda.