1hls.uz platformasi foydalanuvchilarini yanada ko‘proq rag‘batlantish maqsadida har hafta bitta 100 mln so‘m miqdorida pul mukofoti va mingta velosiped o‘ynaladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, shaffoflik va xolislikni ta’minlash maqsadida jamoatchilik faollari, IT-mutaxassislari, jurnalist va blogerlardan iborat Jamoatchilik nazorati kengashi tashkil etiladi hamda barcha jarayonlar ustidan qat’iy nazorat olib boriladi.
Huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyevning yozishicha, g‘oliblar har hafta “Sport” telekanalida jonli efirda tasodifiy tanlab olish mexanizmi orqali aniqlanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, g‘oliblarni aniqlash shaffof va xolis bo‘lishi uchun Jamoatchilik nazorati kengashi tuzildi. Kengashga deputat Rasul Kusherbayev raislik qiladi, Xushnud Xudoyberdiyev va bloger Nikita Makarenko unga o‘rinbosar bo‘ladi.
“Yangi rag‘batlantirish tizimi ishga tushgani munosabati bilan 2022 yil 16 yanvardan boshlab kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘m berish to‘xtatiladi. Lekin 15 yanvargacha 1hls.uz platformasida 10 ming qadam yurgan BARCHA fuqarolarga pullar to‘liq to‘lab beriladi”, — deya ma’lum qildi bloger.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning 30 oktabr kuni “Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonini imzolagandi. Hujjatga ko‘ra, aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi” (www.1hls.uz) platformasi yaratilishi belgilangandi.
Shuningdek, 2021 yilning noyabr oyida Shavkat Mirziyoyev Moliya vazirligiga 2022 yilda “Sog‘lom turmush tarzi” platformasini (1hls.uz) yanada ommalashtirish uchun qo‘shimcha 60 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Gazeta.uz” 1hls ilovasini mobil telefonga yuklash, undan foydalanish va pulni bank kartasiga o‘tkazish bo‘yicha қўлланманиэълон qilgan.
TIMUR
Odamlar kunlik pulga qarag qadam yuradi bu uzgartirishlar notugri bulmaydi
Zohidjon Zarifboyev
Shu 3 ming sòm abituriyent va talabalarga yaxshi edi òzgartirilmagani yaxshi
Mehriddin Umurov
Shu avvalgisi 10ooo qadamga 3ming sóm bergani yaxshi edi
Mehriddin Umurov
Iltimos shu avvalgisini qayta tastiqlang bunga 85 %norozi
Uzaqbay Abdimuratov
Shu avvalgisi 10 000 qadamga 3 ming sóm bergani yaxshi edi
Zubayr 10 yosh
axoliga kunda 3000 dan bergan yaxshi unaqa katta pul axoliga yetib kemedi
botirali qorjovov
Шу 3000 су́з абитуриент ва талабаларга яхши эди иложи бу́лса у́згартирилмасин
ULUG'BEK XAMRAEV
10 000 qadamga 3000 yaxshi edi undan kora qadam sonini kopaytirib summani ham kopaytirishni oylash kk
$$ Mr SAM $$
Shu ishni bekor qilibdi baribir millionlar bizgacha yetib kelmaydi iloji busa asliga qaytariyla
SHERXON XO'SHBOQOV
3000 so'm bergani ku yaxshi edida lekin shu 3000 so'm ham to'liq tushirilib berilmas edi avvalgi 3000 so'm yaxshi edi
Ortiqbek Seyilxonov
Shuni 100 mln va yena velosiped lar oʻrniga 5ming som qilip qoysangizla ham boʻlar edi bu meni shaxsiy fikrim men wuni tarafdoriman
Baxtiyor Sharipov
3минг тулашга кийналган булсаларинг 2мингдан Тула. Кушимча бонусларинг хам керак эмас. Хамса манфаатдор булсин. Бир киши юзмилен олгандан кура
+19802809191
Avalagi 3ming pulli yaxshi edi iltimos avvalgi holatiga qayteringlar
Yangi Klon2
Oldingi 3000 soʻm yaxshi edi iloji boʻlsa avvalgidek qilila bundan hamma noroziki
Qahramon
ILTIMOS BU FIKR YAXSHIMAS UZ XOLICHA TURSIN.
Xurshid Alimov
Bir hafta o‘tdi. G‘oliblar qachon aniqlanadi.
Озоджон Жуманов
Ассалому алейкум! хурматли мухаррир, g‘oliblar har hafta “Sport“ telekanalida jonli efirda tasodifiy tanlab olish mexanizmi orqali aniqlanadi. деб айтилдию лекин кайси санада? хафтанинг кайси куни? соат нечада эфирга узатилади? булар мавхумлигича колмокда. келгусида шулар хакида маълумот бериб утсаларингиз. ва яна утган хафта 17.01.2022дан то 23.01.2022гача булган хафтада кимлар голиб булди? каердан билсак булади?
Marjona Zilola Abdurasulova
3000 so'mdan bergani yaxshi edi. Yoki bo'lmasa 5000 so'mdan bersin.
Жамшид Жураев
Ўша кунига 10000 қадам учун 3000 сўмлик бериши яхши эди.
Бу спорт каналида қачон қай вақтда намойиш қилинишини ҳам баён қилиб ёритиб борсалариз яхши бўларди ёки буни ҳам кооррупця қилиб ташладиларми бу мени шахсий фикрим лекин ҳамма норози 21-декабрдан бу ёғига бир тийин ҳам тушмади ҳар кун 10000 15000 юриб қўйяпмиз леки пул тушмагандан кейин юргинг ҳам келмайди нима бўлганда ҳам ўзимиз учун юряпмиз майли бу ёғи оллоҳдан
Adilbay Asanov
Men 150000 yurdim lekin hesh narsa bolmadi avalgisi yaqshiydi
Омина Сайфуллаева
Хамани фикрига кушиламан аввалги 3000 туланиши яхши эди