Jenisbek Piyazov maktabgacha ta’lim vaziri maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Jenisbek Piyazov ushbu lavozimda jamoatchilik asosida ishlab, maktabgacha ta’lim sohasida madaniyat va san’atni rivojlantirish yo‘lida faoliyat yuritadi.

Ma’lumot uchun, Jenisbek Piyazov 2021 yil avgust oyida prezident farmoniga binoan «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan taqdirlangandi.