Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 8 dan 13 yanvarga qadar Qozog‘iston shaharlariga uchishi rejalashtirilgan reyslar bekor qilinganligini ma’lum qildi. 5 va 6 yanvar kunlaridagi reyslar ham qo‘shni mamlakatdagi namoyishlar ortidan bekor qilingan edi.

Bekor qilingan reyslar:

  • HY761/762/763/764 «Toshkent — Olmaota — Toshkent»;
  • HY767/768 «Samarqand — Olmaota — Samarqand»;
  • HY9729/9730 «Nukus — Aktobe — Nukus»;
  • HY9725/9726 «Urganch — Oqtov — Urganch»;
  • HY9727/9728 «Nukus — Oqtov — Nukus».

Bekor qilingan parvozlar yo‘lovchilari aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlashlari mumkin, deyiladi kompaniya xabarida.