1-yanvardan boshlab Davlat xizmatlari markazi ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishni boshladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hozircha mazkur xizmat barcha markazlarda ham mavjud emas. 2022-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich barcha Davlat xizmatlari markazlarida ushbu imkoniyatni yaratish rejalashtirilgan.

Xorijga chiqish biometrik pasportini berish xizmati mavjud bo‘lgan Davlat xizmatlari markazlari ro‘yxati:

  • Toshkent shahri — Mirobod, Yashnobod, Uchtepa, Olmazor, Shayxontohur, Yangihayot, Chilonzor tumanlari Davlat xizmatlari markazlarida;
    6 yanvardan esa Yakkasaroy, Yunusobod, Sergeli, Mirzo Ulug‘bek tumanlari DXMda;

  • Toshkent viloyati — Nurafshon shahar DXMda;

  • Samarqand viloyati — Samarqand shahar DXMda;

  • Andijon viloyati — Andijon shahar DXMda;

  • Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahar DXMda;

  • Xorazm viloyati — Urganch shahar DXMda;

  • Jizzax viloyati — Jizzax shahar DXMda;

  • Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahar va Shahrisabz shahar DXMda;

  • Surxondaryo viloyati — Termiz shahar va Denov tumani DXMda;

  • Buxoro viloyati — Buxoro shahar DXMda;

  • Sirdaryo viloyati — Guliston shahar DXMda;

  • Navoiy viloyati — Navoiy shahar DXMda.

Ma’lum qilinishicha, DXMda xizmatlar eksterritoriallik tamoyili asosida (ro‘yxatda turgan joyingizdan qat’iy nazar) taqdim etiladi. Bunda biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravariga teng, ya’ni ayni damda 270 ming so‘m (avval BHMning 1,2 baravari bo‘lgan).