Uzbekistan Airways mintaqadan Rossiya va Farg‘ona vodiysi aholisi orasida mashhur bo‘lgan uzoq xorij shaharlariga yo‘nalish tarmog‘ini kengaytirish maqsadida Namangan va Farg‘ona shaharlarining xalqaro aeroportlaridan foydalanadi, deya xabar qildi aviakompaniya matbuot xizmati.

2022 yilning 31 yanvaridan Uzbekistan Airways Expresshavo kemalarida Full Economy («to‘liq ekonom-klass») tamoyili asosida Namangandan Moskva, Perm, Samara, Omsk, Orenburg, Irkutsk, Krasnodar va Yekaterinburgga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Talab oshgani sayin, Namangandan yo‘nalish tarmog‘ini kengaytirish ham ko‘rib chiqiladi.

Hozirda Farg‘ona xalqaro aeroportidan Moskva, Qozon va Istanbulga aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda va aviakompaniyaning qayd etishicha, bu — «Sharqiy» xab tashkil etilishining birinchi bosqichi bo‘lib xizmat qildi.

«Sharqiy» xabni rivojlantirishning ikkinchi bosqichi yakunlangach — Namangandan parvozlarni amalga oshirish boshlangandan so‘ng, Uzbekistan Airways uchinchi bosqichga — Farg‘ona shahridan parvozlar sonini ko‘paytirish, shuningdek Farg‘ona xalqaro ayeroportidan yo‘nalish tarmog‘ini kengaytirishga o‘tadi. Shu bilan birga, Farg‘onadan pavozlar faqat klassik (biznes va iqtisodiy sinflar) aviaqatnovlar asosida tashkil etiladi.

Namangandan Rossiya shaharlariga yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar uchun aviachiptalar narxi va aviaqatnov kunlari quyidagicha:

Namangan — Moskva — Namangan parvozlari haftasiga besh marta — dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi:

  • bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 582 000 so‘mdan.
  • bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 1 717 000 so‘mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan — Perm — Namangan, parvozlar shanba kunlari amalga oshiriladi:

  • bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 816 000 so‘mdan.
  • bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 023 000 so‘mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan — Samara — Namangan, parvozlar shanba haftasiga ikki marta — yakshanba, dushanba, chorshanba, payshanba (keyingi kunga o‘tadigan tungi parvozlar) kunlari amalga oshiriladi:

  • bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 728 000 so‘mdan.
  • bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 1 899 000 so‘mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan — Omsk — Namangan, parvozlar juma kunlari amalga oshiriladi:

  • bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 829 000 so‘mdan.
  • bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 036 000 so‘mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan — Orenburg — Namangan, parvozlar dushanba kunlari amalga oshiriladi:

  • bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 838 000 so‘mdan.
  • bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 046 000 so‘mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan — Irkutsk — Namangan, parvozlar chorshanba kunlari amalga oshiriladi:

  • bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 2 053 000 so‘mdan.
  • bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 297 000 so‘mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan — Krasnodar — Namangan, parvozlar payshanba kunlari amalga oshiriladi:

  • bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 813 000 so‘mdan.
  • bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 008 000 so‘mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Namangan — Yekaterinburg — Namangan, parvozlar payshanba/juma (keyingi kunga o‘tadigan tungi parvoz) kunlari amalga oshiriladi:

  • bagajsiz, qaytarilmaydigan aviachipta: 1 869 000 so‘mdan.
  • bagaj bilan, qaytariladigan aviachipta: 2 052 000 so‘mdan 15 kg bepul yuk tashish normasi bilan.

Narxlar 29.12.2021 y. holatiga ko‘ra amal qiladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.