2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 25 ta xorijiy davlatdan qiymati 502,8 mln dollarga teng bo‘lgan 23 155 ta yengil avtomobil import qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi. Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 179 taga kamaygan.

Joriy yilning 11 oyida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Xitoy — 6963 ta;
  • Koreya — 5630 ta;
  • Rossiya — 4167 ta;
  • Qozog‘iston — 3731 ta;
  • Polsha — 1204 ta;
  • AQSh — 479 ta;
  • Litva — 427 ta;
  • Tailand — 250 ta;
  • Germaniya — 103 ta;
  • Yaponiya — 88 ta.

Shuningdek. yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 13,8 mln dollarga teng bo‘lgan 689 ta elektromobil import qilingan. Elektromobil importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 592 taga yoki qariyb 7 baravarga oshgan.

2021 yilning 11 oyida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

  • Xitoy — 608 ta;
  • Turkiya — 24 ta;
  • AQSh — 20 ta;
  • Litva — 13 ta;
  • Germaniya — 11 ta;
  • Koreya — 5 ta;
  • Ispaniya — 2 ta;
  • Rossiya — 2 ta;
  • Ukraina — 2 ta;
  • Gongkong — 1 ta;
  • BAA — 1 ta.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston shu yilning yanvar-oktabr oylari davomida qiymati 12 mln dollariga teng bo‘lgan 613 dona elektromobil import qilgani haqida ma’lum qilingandi.