Yangi yil bayrami arafasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi «Toshkent-Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida 770/769-sonli Afrosiyob zamonaviy poyezdlarining qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, hozirgacha faqat haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshirib kelayotgan 770-sonli Afrosiyob zamonaviy poyezdi 27 dekabrdan 2022 yil 9 yanvargacha har kuni soat 09:02 da «Toshkent-Buxoro» yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradi.

Shuningdek, 769-sonli Afrosiyob poyezdi 27 dekabrdan 2022 yil 9 yanvargacha har kuni soat 15:02 da «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradi. Ushbu poyezdlar Samarqand, Navoiy temir yo‘l vokzallarida ham to‘xtab o‘tadi.

Bundan tashqari bayram kunlari barcha yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha vagonlar ham ulanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkentda 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.