Korzinka supermarketlar tarmog‘i Raqobat qo‘mitasi bilan muhokama yakunlangani va eng ommabop tovarlar savatini eng arzon narxlarda saqlashga qaratilgan strategiyasini yangi nom ostida rivojlantirishni davom ettirishini ma’lum qildi. Savdo tarmog‘ining ta’kidlashicha, dasturning mohiyati o‘zgarmaydi.
Raqobat qo‘mitasining maxsus komissiyasi korzinka supermarketlar tarmog‘iga talablarini bajarish uchun muhlat berdi. “Korzinka” allaqachon ommaviy oferta va “Eng arzon narx” dasturining aloqa materiallariga o‘zgartirishlar kiritdi, shuningdek, jarima to‘ladi.
“Cotton Club va Korzinka NRG’dan kvartira o‘ynamoqda” aksiyasi doirasida Korzinka supermarketlar tarmog‘i mehmonlari NRG Jomiy’dan kvartira yoki 1 mln so‘mlik xarid sertifikatiga ega bo‘lishi mumkin.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining maxsus komissiyasi Anglesey Food (Korzinka) tarmog‘ini reklama qonunchiligini buzganlikda aybdor deb topdi. Qo‘mita kompaniyadan jarima undirmoqchi. Korzinka komissiya qarorini olmaganini aytib, bayonotni asossiz deya atadi.
Korzinka supermarketlar tarmog‘i “eng arzon narx” iborasidan foydalanishni qoidabuzarlik deb hisoblamasligini ta’kidladi. Kompaniyaga ko‘ra, dastur “vaqtinchalik reklama emas, balki yangi narx strategiyasi” bo‘lib, unda eng past narxlar “uzoq muddatli va har kuni” taklif etiladi.
Korzinka cupermarketlar tarmog‘iga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Raqobat qo‘mitasi kompaniyaning “eng arzon narx” deb e’lon qilgan mahsulotlarining narxi boshqa supermarket va bozorlardagi narxlardan farq qilmasligini aniqladi. Qo‘mitaga ko‘ra, buni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holat deyish mumkin.
Markaziy bank “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etilgan Korzinka supermarketlar tarmog‘i kassalarida bank kartalaridan naqd pul yechish xizmati yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. Sinov joriy yil 1-noyabriga qadar davom etadi.
Adliya vazirligi va O‘zbekistondagi yirik savdo tarmoqlari vakillari oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish masalasini muhokama qilmoqda. Shu maqsadda fudshering platformasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Statistikaga ko‘ra, Toshkentda har kuni 2 tonna non mahsulotlari, respublika bo‘ylab yiliga 3 million tonna oziq-ovqat mahsulotlari chiqindiga tashlanadi.
Osiyo taraqqiyot banki ilk bor davlat kafolatisiz O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati korxonasi — Korzinka supermarketlar tarmog‘iga 12 mln dollar miqdorida kredit ajratdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting