O‘zbekiston banklarining 2021 yil uchinchi choragi uchun moliyaviy hisobotlariga ko‘ra, ularning deyarli barchasida oktabr oyiga qadar ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etilgan.

Spot nashrining yozishicha, ko‘pgina banklar davlatga tegishli va aslida moliyaviy kompaniyalarga qaraganda ular ko‘proq rivojlanayotgan tashkilotlar hisoblanadi. Ular davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, bu esa bozor sharoitida ularning rentabelligini aniqlashni qiyinlashtiradi.

Masalan, eng daromadli banklar uchligiga faqat davlat ishtiroki yuqori bo‘lgan banklar kirgan. Bundan tashqari, davlat banklari va xususiy banklar o‘rtasidagi farq ham uzoq.

Umuman olganda, eng daromadli 10ta bankning foydasi qolgan 17 ta bankning umumiy foydasidan 5 barobarga ko‘p.

  1. «O‘zsanoatqurilishbank» — 787,3 mlrd so‘m;
  2. O‘zmilliybank — 676,8 mlrd so‘m;
  3. Ipoteka-bank — 587,7 mlrd so‘m;
  4. Trastbank — 323,9 mlrd so‘m;
  5. Hamkorbank — 303,6 mlrd so‘m;
  6. Ipak yo’li — 299,9 mlrd so‘m;
  7. Qishloq qurilish bank — 272 mlrd so‘m;
  8. «Kapitalbank» — 267,8 mlrd so‘m;
  9. «Asakabank» — 258 mlrd so‘m;
  10. «Orient finans» bank — 213,7 mlrd so‘m;

Qayd etilishicha, quyidagilar uchinchi chorakni 100 mlrd so‘mga yaqin foyda bilan yakunlagan:

Shuningdek, quyidagilar esa 10 mlrddan 100 mlrd so‘mgacha foyda oldi:

  1. KDB Bank — 75 mlrd so‘m;
  2. Turonbank — 68,7 mlrd so‘m;
  3. Xalq banki — 60 mlrd so‘m;
  4. Tenge bank — 54,7 mlrd. so‘m;
  5. Asia Alliance Bank — 41 mlrd so‘m;
  6. Ziraat Bank Uzbekistan — 18,9 mlrd so‘m;
  7. «Mikrokreditbank» — 18 mlrd so‘m;
  8. Poytaxt Bank- 11 mlrd so‘m.

Uchinchi chorakda beshta bank 10 mlrd so‘mdan kam daromad oldi:

Shu bilan birga, oxirgi ikki bank uchinchi chorakda zararlardan qutulib, daromad olishni boshlagan. Birinchi yarim yil yakunlariga ko‘ra, Anor Bank 1,7 mlrd so‘m, Madad Invest Bank esa 7,8 mlrd so‘m zarar ko‘rgandi.

To‘rtta bank zarar ko‘rishda davom etmoqda:

  1. Savdogarbank — 10,8 mlrd so‘m;
  2. «O‘zagroeksportbank» — 16,7 mlrd so‘m;
  3. HI-TECH BANK — 35,9 mlrd so‘m;
  4. TBC Bank — 84 mlrd so‘m.

Ulardan faqat TBC Bank`ning zarari sezilarli darajada oshdi. Birinchi yarim yillikda bankning zarari 42 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uchinchi chorakda bu ko‘rsatkich ikki baravarga ko‘paydi.

Boshqa banklarda zarar sezilarli darajada kamaygan bo‘lsa (Savdogarbank 24 mlrddan 10,8 mlrd so‘mga, «O‘zagroeksportbank» — 45 mlrddan 16,7 mlrd so‘mga) hamda ba’zi banklarda esa zarar deyarli o‘zgarmadi (HI-TECH BANK — chorak davomida 35,4 mlrd so‘mdan 35,9 mlrd so‘mga o‘sdi).