O‘tgan 3 yilda 4 001 nafar yoshlar sportdagi yutuqlari uchun imtiyoz asosida OTMlarga o‘qishga kirgan

2018−2020 yillarda jami 4 001 nafar yoshlar sportdagi yutuqlari uchun imtiyozdan foydalanib, OTMlarga o‘qishga kirgan. Bosh prokuratura o‘rganishlariga ko‘ra, imtiyozdan foydalanuvchilar sonini sun’iy oshirish maqsadida ayrim sport musobaqalarining soni orttirilgan. Turizm va sport vazirligi bunda asosiy aybdor musobaqa bosh hakamlari ekanligini ta’kidlab, ular sport federatsiyalari tomonidan belgilanishini qayd etdi.

Davlat Bobonov harbiylar o‘rtasida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

Olimpiya o‘yinlari sovrindori Davlat Bobonov dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi. Yakkalik bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga ilk yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik chang‘ichi Komiljon To‘xtayev 2022 yilda Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Futbol. “Nasaf” OFK Kubogi finalida mag‘lubiyatga uchradi

Futbol bo‘yicha Qarshining “Nasaf” klubi OFK Kubogi finalida Bahraynning “Muharraq” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda 3:0 hisobi qayd etildi.

Gollarga 2-daqiqada Almardi, 74-daqiqada Sabba hamda 80-daqiqada Cheversanlar mualliflik qilishdi.

Shu tariqa qarshiliklar OFK Kubogida 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Boks. Abdumalik Xalakov kumush medalni qo‘lga kiritdi

Serbiyadagi jahon chempionatida finalga qadar yetib borgan o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalakov hal qiluvchi jangda fransiyalik Sofian Umiyaga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Terma jamoa musobaqani ikkita medal bilan yakunladi.

Taekvondo bo‘yicha mamlakat birinchiligi o‘z g‘oliblarini aniqlab oldi

Taekvondo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Ayollar -53 kg vazn toifasida Charos Qayumova g‘alaba qozondi. -57 kg vazn toifasida yosh sportchi Ozoda Sobirjonova 2017 yilgi jahon chempionati sovrindori Dinora Mamadibragimovadan ustun keldi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda esa Jasurbek Jaysunov (-68 kg), Shuhrat Salayev (-80 kg) va Shohruh Rajabov (+87 kg) g‘alaba qozondi.


Foto: MOQ axborot xizmati

Batafsil:

Ayollar

-53kg

Oltin — Charos Qayumova

Kumush — Sitora Ergasheva

Bronza — Asalxon Xo‘janiyozova

Bronza — Nozima Xolmuhammedova

-57kg

Oltin — Ozoda Sobirjonova

Kumush — Dinora Mamadibragimova

Bronza — Laylo Polatova

Bronza — Pokiza Po‘latova

Erkaklar

-74kg

Oltin — Jasurbek Jaysunov

Kumush — Najmiddin Qosimxojiyev

Bronza — Diyorbek Haydarov

Bronza — Shahboz Tusmatov

-80kg

Oltin — Shuhrat Salayev

Kumush — Mavlonbek To‘xtasinboyev

Bronza — Azizbek Abduqodirov

Bronza — Abduqodir Xo‘jayorov

+87kg

Oltin — Shohruh Rajabov

Kumush — Javlonbek Sunnatulayev

Bronza — Mirzonozim Sharapov

Bronza — Muhammadali Turg‘untoshev

“Paxtakor” — O‘zbekiston chempioni!

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 24-tur uchrashuvlari o‘tkazib bo‘lindi. Natijalar bilan tanishing:


24-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishda:


Mazkur turda keyin bundan bir tur avval chempion bo‘lgan “Paxtakor” jamoasiga chempionlik kubogi topshirildi.

Foto: O‘zPFL matbuot xizmati