4 noyabr kuni kechqurun Toshkentda kuzatilgan g‘ayrioddiy chang-qumli tumanga shamolning kuchayishi natijasida tuproqning juda qurib qolgan ustki qatlami ko‘tarilishi sabab bo‘ldi, deb xabar beradi Gidrometeorologiya xizmati markazi.

O‘zgidromet avvalroq 4 noyabr kuni O‘zbekiston hududiga Uraldan sovuq havo oqimlari kirib kelishi haqida xabar bergan edi.

Sovuq front zonasida shamolning 12−15 m/s gacha, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 20−25 m/s gacha kuchayishi kuzatildi.

«Shamol kuchayishining oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarildi va respublikaning bir qator tumanlarida ko‘rinuvchanlik 500−1000 m gacha pasayib, chang-qumli g‘ubor holatini keltirib chiqardi», deyiladi xabarda.

Atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan miqdorlardan 5 barobarga oshdi.

Ayni damda shamol tezligi 5−10 m/s va tunggi 24:00gacha prognoz qilinadi.