Soat 11:00 ga qadar 33,6 foiz saylovchilar prezident saylovida ovoz berishdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov ma’lum qildi.

Saylov kodeksining 96-moddasiga muvofiq, agar saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 33 foizi ovoz berishda ishtirok etgan bo‘lsa saylov o‘tgan hisoblanadi.

Bayhrom Qo‘chqorov prezident saylovini o‘tkazuvchi uchastka va okrug saylov komissiyalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, soat 11:00 ga qadar saylovchilarning 6 mln 669 ming 552 nafari yoki 33,6 foizi ovoz berganligini ma’lum qildi.

«Demak joriy saylovlar o‘tgan deb hisoblanadi va bu bilan barcha saylov jarayoni ishtirokchilarini tabriklaymiz», — dedi u.

MSK ma’lumotlariga ko‘ra, soat 11:00ga qadar Farg‘ona viloyatida 2 million 284 ming 519 yoki 41,1 foiz saylovchilar ovoz bergan. Bu borada eng past ko‘rsatkich hozircha Toshkent shahrida bo‘lib turibdi. Poytaxtdagi umumiy saylovchilarning 26,9 foizi 11:00 ga qadar ovoz bergan edi.