24 oktabr kuni, kelayotgan yakshanba O‘zbekiston prezidenti saylovlari bo‘lib o‘tadi. Nomzodlarning tarjimayi hollari yozilgan plakatlar, «Tanlof fursati keldi», «Prezident saylovi — kelajak tanlovi», «Sening tanlovining — farzandalaring kelajagi», «Yangi O‘zbekiston — yangi imkoniyat», «Biz birga — O‘zbekistonmiz» kabi shiorlar, saylov uchastkalarining belgilari va boshqa tashqi reklamalar fuqarolarni saylovda qatnashishga chorlamoqda.

«Gazeta.uz» fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin Toshkentni kezib, shaharning saylovdan oldingi qiyofasini suratga oldi.