Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berdi.

Rossiyaning bir qator salohiyatli ish beruvchilari tomonidan Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur, Novosibirsk, Kaluga, Tula, Murmansk, Kaliningrad, Moskva viloyatlari hamda Krasnodar o‘lkasida O‘zbekiston fuqarolari uchun qurulish sohasida 10 ming ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinmoqda.

Xabarga ko‘ra, fuqarolar nomiga Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent O‘zbekistonda rasmiylashtiriladi.

Agentlik tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatda taklif etilayotgan ish o‘rinlarining eng ko‘pi armaturachilarga to‘g‘ri kelayotganini ko‘rish mumkin (1090 ta bo‘sh ish o‘rni). Undan keyingi o‘rinlarda beton quyuvchi (795 ta), elektr montajchi (390 ta), yordamchi ishchilarga talab yuqori (348 ta).

Ushbu bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududlardagi filiallaridan olish mumkin. Murojaat uchun:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — (55) 102−53−32, (55) 102−53−34;
  • Andijon viloyati — (95) 202−33−55;
  • Buxoro viloyati — (99) 708−49−98;
  • Jizzax viloyati — (72) 223−90−65, (72) 223−90- 66;
  • Qashqadaryo viloyati — (97) 293−27−52, (97) 770−04−92;
  • Navoiy viloyati — (79) 224−11−60;
  • Namangan viloyati — (69) 227−94−64, (69) 227−97−27;
  • Samarqand viloyati — (66) 233−24−00, (66) 233−53−00;
  • Sirdaryo viloyati — (67) 225−55−59;
  • Surxondaryo viloyati — (76) 222−45−22;
  • Toshkent viloyati — (55) 900−33−10;
  • Farg‘ona viloyati — (73) 244 40 01;
  • Xorazm viloyati — (62) 224−12−35;
  • Toshkent shahri — (71) 236−30−40.

Shuningdek, +998 (71) 202−33−55 (ichki raqamlar: 40, 77, 88), 1282 qisqa raqami.