Bugun kunduz kuni respublika hududiga sovuq oqim kirib kelishi davom etadi va kunduz kungi harorat +24…+27 darajagacha pasayadi va o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan +2…+4 darajaga past bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Respublikaning katta qismida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘larda ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Ayrim joylarda shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Shanba va yakshanba kuni sovuq antitsiklon ta’siri hisobiga harorat kechalari +12…+15 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari esa asta-sekin isiydi va yakshanba kuni harorat +27…+30 darajagacha ko‘tariladi.